Tabobatxonani ruzada yopish lozimmi?

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barakotuxu!Muxtaram Shayx xazratlaridan Allox rozi bulsin,omin.Berilajak savolimiz shuki, bir birodarimizning xususiy tabobatxonasi bulib, u erda inson organizmidagi gijja-kurtlarga karshi amaliyot olib boriladi. gap shundaki, tabobat ikki kun davom etib, davolash jarayonida bemorlarga maxsus dori kushilgan suyuklik-sharbat ichiriladi. Tabobatga kelayotganlar, asosan, bemorligi tufayli ruza tutolmayotganlar va yosh bolalar kelishadi. Tabobatxona egalari xar xolda ularga karata, ruzador bulsalaringiz, ochmangiz va biz bu gunoxga sherik bulishni istamaymiz, deb ogoxlantiradilar xam. Shunday bulishiga karamay, mazkur tabobatxonani ramazon oyida yopib turish lozimmi?Javob uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Lozim emas. Chunki, ro‘zadorlarga xizmat ko‘rsatmas ekan.

2 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar