Qintor suzi haqida

Assalomu alaykum Shayx hazratlari!Ustoz,iltimos ushbu hadisdagi "qintor"suzini manosini qanday tushinsa buladi?284/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha va kunduzda ellik oyat o‘qigan odam g‘ofillar qatorida yozilmaydi, yuz oyat o‘qigan kishi kechani ihyo qilib, Allohning ibodatida uzoq turuvchi, deb yoziladi, ikki yuz oyat o‘qigan kishi bilan Qur’on qiyomat kuni hujjat talashmaydi, besh yuz oyat o‘qigan odamga esa, bir necha [u]qintor[/u] ajr yoziladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlariAlloh taolo din yulida qilayotgan ishlaringizga uzi madadkor bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qintor – juda ko‘p mol. Buning aniq miqdori haqida ixtilof qilingan. O‘n ikki ming dinor deganlar ham bor. Undan oz yoki ko‘p deganlar ham bor.

2 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar