Xar hil savollarim
Assalamu alaykum! Ustozlar sizlarga bir necha savollar bilan murojat qilmoqchi edim. 1. Dadam ancha yil oldin olamdam o‘tganlar. Olamdan o‘tgan vaqtlariga qadar bizda qurbonlik qilish farz bo‘lgan darajada pulimiz yoki mol-mulkimiz bor. Dadam ancha yil oldin olamdam o‘tganlar. Olamdan o‘tgan vaqtlariga qadar bizda qurbonlik qilish farz bo‘lgan darajada pulimiz yoki mol-mulkimiz bo‘lmagan hozir ham, ammo yashash sharoitimiz yaxshi Alhamdulillah. Endi Onam: "Dadangni nomidan qurbonlik qilamiz shu yili" deyaptilar. Shunga o‘ylanib turibman qurbonlikka ketgan xarajatni biror qiynalgan oilaga dadamni nomidan bersak yaxshimi yoki qurbonlik qilsakmi? 2. Bir yildan oshdi uylanganman, uylanadigan vaqtimda hozir bilganlarimni bilmasdim. Endi onamga aytmasdan har oyda oylik maoshimni bir qismini ayolimdan uyidagilarga berib tursam bo‘ladimi? Biznikiga olib kelgan "kelinning sepi" uchun, chunki o‘zimni ayolimni oldida qarzdorday his qilyapman. 3. Onam menga "mendan yashirib ayolinga pul berma bersang rozi emasman" dedilar bu o‘rinda nima qilsam bo‘ladi? 4. Biz tomonlarda kichik ehson "xadim" deyiladi mahalladan 9-10 odamni aytib osh berish tabiiyki ularning ichida birorta miskin, faqiri yo‘q. Shunga ketgan harajatni umuman riyo aralashtirmagan xolatda nochor oilaga bergan yaxshi emasmi? buni ham Onamga aytsam tushunmayaptilar. 5. Arafa kunlari vafot etgan kishilarning uylariga taziya bildirib borish joizmi? Yuqoridagi savollarga javob topolmay ilmsizligimdan siz ahli ilmlarga murojat qilmoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Qurbonlik tirik odam nomidan bo‘ladi.
2). Ixtiyoringiz.
3). Ayolingizning nafaqasini so‘ramasdan beravering.
4). Onangizga yaxshi muomalada bo‘ling. Pul sizniki bo‘lsa niyatingizni go‘zal qilib oling. Onangiz nima qilsalar qilaveradilar. Siz qilgan holis ehsonni onangiz minnat qilishi bilan bekorga chiqib qolmaydi.
5). "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar