Qarzga berilgan pullarni zakotga qo‘shadimi
Assalomu alaykum! 1) Qarzga berilgan pullarni qo‘shib hisoblanganda pul nisobga etsa, zakot beriladimi? 2) Opam bilan bir oilada yashaymiz. Yig‘ib qo‘ygan pullari nisobdan oshgan. Opamni pulini hisobidan zakot bersam bo‘ladimi? 3) Bir oilada yashaydigan onajonim, opam va ayolimni tillalarini jamisini qo‘shib hisoblasa nisobdan oshadi. Barchasini qo‘shib hisoblab, men zakot bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Berishga umid qilinsa, qarzdorda beradigan o‘rni bo‘lsa, qarzdorligini e’tirof qilib turgan bo‘lsa, beradi.
2). O‘z pulingizdan bersangiz bo‘lmaydi. Zakot opangizning o‘z zimmasiga farz. Uning izni bilan, hisob-kitoblar qilinib bersangiz, siz ixtiyoringiz bilan bo‘lsa, joiz. Faqat siz beradiganni avval uni qo‘liga bering, keyin u o‘z nomidan niyat qilsin.
3). Hammaning narsasini qo‘shishingiz joiz emas. Har kim hisoblaganda alohida o‘zi nisob egasi bo‘lsa, zakot farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 148 | Zakot