Jo‘natgan pullarimdan zakot
Assalomu alaykum! Men Rossiyadaman. O‘tgan yilning iyun yo iyul oylarida, jo‘natgan pulim 2100$ bo‘ldi. Nisobga etdi. O‘sha paytdagi kursga ko‘ra 2100$ taxminan 16/17million bo‘lar edi. Musulmonlar idorasi tomonidan ham nisob 17000.000 edi. Lekin o‘shandan keyin pulim to‘planmadi. Asosan jo‘natganlarim, uydagi kamchiliklarga ishlatildi. Ma’lum bir oydan so‘ng ayolim tillo olaman pul bering degan edi, o‘sha puldan 300$ olavering dedim. 1) Endi men nisobni o‘sha yildagi nisob miqdori bilan hisoblaymanmi yoki yaqinda berilgan fatvodanmi, ya’ni 21 milliondan? 2) 2.100 dollardan ayolimga 300$ olavering degan edim, lekin ayolim hali ham tillo olmabti, ya’ni tillo narxi tushishini kutgan va yana karantin sabab ololmayapti. Endi men 1800 dan beramanmi yoki ayolimdagi 300$ ni ham qo‘shamanmi? Endi u pul ayolimnikiku, ozgina gumon bo‘lyapti shunga. 3)Mening pulim nisobga iyul oylarida (qamariy yilda hisoblay olmayman) etgan edi. Lekin karantin tufayli ko‘pchilik qiyin xolatdaligi uchun avvalroq bermoqchiman. Hozir aprel oyida bersam, lekin keyinchalik hisobim yana ko‘paysa nima qilaman? Ya’ni shu aprelda berganimdan so‘ng vojib mendan soqit bo‘ladimi yoki yil to‘lsa, yana qancha qo‘shilsa uni ham alohida beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tgan yili o‘sha vaqtda siz nisob egasi bo‘libsiz. O‘sha vaqt kelib yana qo‘lingizda nisob miqdoricha mablag‘ bo‘lsa, zakotni berasiz. Bir yil o‘tgach hozirda 22 million bo‘lgan nisob qo‘lingizda bo‘lsa zimmangizga o‘shani qirqdan birini zakot deb chiqarishingiz farz bo‘ladi. Taqinchoqni xotiningizga sovg‘a qilgan bo‘lsangiz, uni qo‘shmaysiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 147 | Zakot