Ustozlarga
Assalomu alaykum! Men o‘quvchilarni ingliz tilida bilimlarini o‘lchovchi IELTS imtihoniga tayyorlayman. Alhamdulillah asosan o‘quvchilar bu imtihondan yuqori natijalar qayd etadilar. Men ularning natijalaridan quvonib, boshqalarga ko‘proq o‘qishlari uchun asos va turtki bo‘lsin deb ijtimoiy tarmoqlarga joylayman. Ba’zilar meni maqtanchoq, kibrli insonga o‘xshatib izoh qoldirishadi. Savolim shuki men o‘quvchilarim qayd etgan natijalarni ijtimoiy tarmoqlarga yuklasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘zingizni boshqalardan ustun ko‘rib qilmayotgan bo‘lsangiz ushbu kasbda tajribangiz borligini e’lon qilishingiz mumkin. Faqat o‘zingizni e’lon qilishda boshqalarni kamsitmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim