Cho‘chqa go‘shti

Assalomu alaykum! Men chet elda taxsil olaman(Londonda) va bu erda taxminan 2oydan beri bir ishda ishlayman. Ishimning nomi Uber  dostavka. Mening vazifam oshxonadan tayyor ovqatni olib buyurtma qilgan odamga olib berishim kerak, lekin ko‘p buyurtmalarning tarkibi halol bo‘lmagan ovqatlar xam bo‘ladi. Masalan: Allohning nomi bilan so‘yilmagan go‘sht yoki cho‘chqa go‘shti. Shu qilayotgan ishim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa ish toping. Musulmon kishi dinida harom qilingan narsani sotishi ham etkazib berishi ham shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar