O‘zaro kelishuv

Ustoz men tadbirkorlikning bir sohasi bilan shug‘ullanmoqchi edim. Lekin unga kerak bo‘ladigan uskunaga etarli pulim yo‘q. Mening bir akam bor. U kishining moddiy imkoniyatlari kengroq. Men akamga bunday dedim: “Siz shu uskunani sotib oling. Keyin unga o‘zingiz xoxlagan narx qo‘yib, o‘sha narxni 24 oyga bo‘ling. Men 24 oy davomida oyma-oy o‘sha pulni berib turaman. Shunda men 24 oydan keyin uskunaning hamma pullarini sizga berib bo‘lgan bo‘laman” dedim. Akam menga buni so‘rab ko‘rishimiz kerak dedi. Ikkalamizning bu kelishuvimiz sudxo‘rlik emasmikan, deb ikkilanayapti. Ustoz, bu kelishuv sudxo‘rlikka kiradimi? Alloh hammamizni o‘zining to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu to‘g‘ri ish bo‘lib, shariatda nasiya savdo deyiladi. Barakalloh, hamma shunday qilish kerak.

2 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar