Do‘stim baxslashaveradi
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bor yahshi bola to‘y va boshqa marosimlarda juda aktiv hizmatlarni yo‘q deme qilib beradi hammaga. 6 oydan beri boshqacha bo‘lib qolgan dindan bilsa ham bilmasa ham baxislashadigon bo‘lib qolgan dinga targ‘ib qilishi yahshi har safar ko‘rishkanimizda do‘slar bilan diniy savolar beraveradi. Bu safar bergan savolini kegingi safar ham beradi orada bollar tortishib baqir chaqir ham bo‘lib ketadi shuni ko‘rib meni gashim kelib ketadi. Undan so‘rasam uni ham fikrini bile diyapan diydi har doim shunaqa javob beradi hazil huzil qilar edi oldin bir birmiz bilan o‘zidan o‘zi unaqa qilib bo‘lmedi bunaqa qilish harom deb bazida chuqirlashib ham ketadi do‘slardi ko‘nglini og‘ritib qo‘ysa qanaqadur bazida ahamyat ham bermedi. Shu do‘stimni dastidan bazi bir do‘stlarim ham ko‘rishkisi keme qoladi. Shunga nima qilsek bo‘ladi balkim ko‘rib bo‘medigon saytlardan koradi meni ham nafsim bor diydi. Qilayotkan ishi umuman to‘g‘ri kemayapti, nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عَنْ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ طَلَبَ الْعِلْمَ لِيُجَارِيَ بِهِ الْعُلَمَاءَ، أَوْ لِيُمَارِيَ بِهِ السُّفَهَاءَ، أَوْ يَصْرِفَ بِهِ وُجُوهَ النَّاسِ إِلَيْهِ أَدْخَلَهُ اللهُ النَّارَ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ.Ka’b ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ilmni ulamolar bilan mojaro qilish, esipastlarga g‘olib kelib, o‘zini ko‘rsatish yoki u bilan odamlarni o‘ziga qaratish uchun o‘rgansa, Alloh uni do‘zaxga kiritadi», dedilar».
Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida ilm talab qilishda tolibi ilm nihoyatda ehtiyot bo‘lishi lozim bo‘lgan uchta xatarli ishdan ogohlantirmoqdalar:
1. Ilmni ulamolar bilan mojaro qilish uchun o‘rganmaslik kerak. Bir ilmni yaxshilab o‘rganish «Ulamolar bilan talashib-tortishib, mojaro qilib, hammasini engib, jim qilib qo‘yay», degan niyatda bo‘lmasligi kerak.
2. Esipastlarga g‘olib kelib, o‘zini ko‘rsatish uchun ham ilm talab qilmaslik kerak. Tolibi ilm hech qachon «Ilmni o‘rganib olib, tushunmagan odamlarni mag‘lub qilib, hammasini lol qilib qo‘yay», degan niyatni qilmasligi lozim.
3. Yoki odamlarni o‘ziga qaratish uchun ilm talab qilmaslik kerak. Odamlarning «Falonchi qori bo‘libdi, mulla bo‘libdi, qoyil», deyishlari uchun va shunga o‘xshagan niyatlar bilan ilm o‘rganilsa, bunday odamning ham oqibati yaxshi bo‘lmas ekan. Alloh taolo uni do‘zaxga kiritar ekan. Shuning uchun ilmni faqatgina Alloh taoloning roziligi uchun talab qilish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 147 | Islam