Er-ayol bir-biridan necha oy mobaynida yiroqda bo‘lishi mumkin
Assalomu alaykum, Ustoz ko‘p savol berayotganim uchun uzur, sizning bunday xayirli ishlaringizga Alloh taolo ulkan rahmat va savoblar bilan javob qaytarsin.Savolim quyidagicha:Hozirgi kunlarda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz pul topish maqsadida Rossiya va chet ellarga ketishmoqda, bola-chaqalari bo‘lagani uchun, u yurtlarda tog‘ri turar joylari bo‘lmagani uchun va boshqa sabablarga ko‘ra o‘z ayyollarini o‘zlari bilan olib ketish imkonlari yo‘q, shuning uchun ko‘pincha shahvoniy nafslarini qondirish uchun zino qilishmoqda va ularning orqalarida qolgan yosh kelin-juvonlarning ham zino qilishlari ko‘payib bormoqda. Shunday gunohi kabirani oldini olish uchun er va ayol uzog‘i bilan bir-biridan necha oy mobaynida yiroqda bo‘lishi mumkin?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida kechasi birovga bildirmasdan aylanib, odamlarning hollaridan xabar olib yurib, bir hovlida ayol kishining hijron haqida bayt aytganini eshitib qolibdilar. Surishtirsalar, u a±lning eri Islom lashkarlari bilan jihodga ketgan ekan. So‘ngra hazrati Umar odam yuborib, qizlari Hafsa onamizdan: «Ayol kishi ersiz qancha sabr qiladi?» deb so‘rabdilar. U kishi: «To‘rt oy», deb javob beribdilar. Buni bilgandan keyin Hazrati Umar hech kimni askarlikda to‘rt oydan ko‘p ushlab turmaslikka farmon berganlar.
29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush