Har kuni ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Ustozlar, xozirgi zamonda xar kuni ro‘za tutsam, bir ilmli kishi xar kuni ro‘za tutsang senga nimadur bo‘lib qolsa, xamma keyin ro‘zani ayblaydi demoqdalar. Men kanday yo‘l tutay? Chunki mexmonga borganda evotgan narsalarimni xalolligidan shubhadaman. Sababi oddiy nonnixam ko‘p nonvoylar cho‘chqa junidan bo‘lgan shyotkalarni ishlatishar ekan. Maslaxat beringlar bu ketishda  duolarimiz qabul bo‘lmasligidan qo‘rqyabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kunda ro‘za tutish hech qanday ayb emas. Sog‘likka ziyon qilmasligi uchun dushanba va payshanbalarni, agar toqatingiz etsa Dovud alayhissalomning odati kabi bir kuni ro‘za bir ochiq bo‘ling. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar