Talabalar namoziga davlatimizning to‘sqinligi bormi?
Assalomu alaykum! Men biroz mushkul holatdaman. Oxirgi vaqtlarda onam bilan biroz murosa qila olmayapman. Bundan bir necha kun oldin qarindoshlarimnikiga mehmon bo‘lib borgandik. Shunda Bobom(onamning otasi) televizorda ko‘rganmishki bir talaba yigitning telefonidan diniy narsalar chiqibdida o‘qishdan haydab yuborishibdi. Va shu kuni uyga kelgach onam menga tanbeh berib: "Hozir zamon qaltis. Telefoningda hamma diniy narsani o‘chir. Birontaning oldida dindan gapirma" — dedilarda o‘chirtirdilar. Bugun esa birinchi marta imkon bo‘lib bir do‘stimning ijarada turadigan uyiga borib peshinni o‘qigandim. Bunga ham e’tiroz bildirdilar. Qanday bo‘lsayam uyga kelib o‘qishimni buyurdilar va hatto: "Do‘sting ham dushmanlik qilib ushlab berishi mumkin" — dedilar. Onamning qo‘rquvi o‘rinlimi? Yurtimizda talaba larning namoz o‘qishini bilishsa yoki militsiyaga topshirishsa bizdek namozxon talabalar o‘qishdan haydalishi va javobgarlikka tortilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday “namozga ta’qiq” degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday “namozga ta’qiq” degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 155 | Namoz