Ehson berish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ustozlar, zakot pulini yoki xayr ehson puli qarindoshga yoki qo‘shniga oilaviy ahvoli og‘ir sharoitda bo‘lsa, shu odamlarga uy qurib berish yoki farzandini to‘yini qilib berish savobmi yoki masjidni qurilishiga sarflash savobmi? 2). Qurbon hayitaga bag‘ishlab boqilgan qo‘chqorni mahalladagi oilaviy sharoiti og‘ir insonga berish mumkinmi. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zakot faqir-miskinlarning haqqi. Pulni bering gunoh bo‘lmagan ishlarga ishlatishsin. Uni masjidga berib bo‘lmaydi.
2). Sizni nomingizdan so‘yilmasa qurbonlik ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 139 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar