NAXORGI "OSHLAR" haqida
Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari . ALLOH ta’olo qilayotgan ishlaringizni ajrini ko’paytirib bersin va sizni jannatda eng oliy martabalarga erishishlikni nasib etsin. Quyida bermoqchi bo’layotgan savolim no o’rin yoki takror berilayotgan bo’lsa, sizdan uzr so’rayman. Ehson yoki nikoh valiymali munosabati bilan ertalab dasturxonlarga tortiladigan “ osh” lar haqida so’ramoqchi edim. Ayrim joylarda bir kun oldin “sabzi to’g‘rar” degan bahona bilan bir qancha aroqxo’rlar yig‘ilib , ham sabzi to’graydi, ham mast qiluvchi ichimliklarni ichishadi. Bazida esa oshpazlar ham ichib olib taomni tayyorlaydilar. Mana shu sababdan o’zim ko’pincha bunday marosimlarda qatnashishni yoqtirmayman. Lekin qo’shnimiz yoki yaqin qarindoshimiznikiga “oshga” taklif qilinganda ikkilanib qolaman. Chunki ularda ham yuqoridagiga o’xshash holatlar sodir bo’lganmi yo’qmi , taomiga solingan go’sht mahsulotlari shariatga mufoviq so’yilganmi yo’qmi bilolmaganligim uchun. Agar bormasam ular xafa bo’lishadi, uning ustiga ota-onam ham borgin deb turishadi. Ustoz mana shunday holatlarda qatday yo’l tutishlikni maslahat berasiz? Ustoz agar savolimda beodoblik qilgan bo’lsam sizdan uzr so’rayman va iltimos no o’rin savollarimiz uchun bizlardan xafa bo’lmang. ALLOH TA’OLO SIZDAN ROZI BO’LSIN!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar haromligi aniq bo‘lsa, emaslik kerak. shubhali bo‘lsa, ham o‘zni tortish kerak. Borib harom yoki shubhali taomni emay, halolidan esa bo‘ladi.
3 May 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar haromligi aniq bo‘lsa, emaslik kerak. shubhali bo‘lsa, ham o‘zni tortish kerak. Borib harom yoki shubhali taomni emay, halolidan esa bo‘ladi.
3 May 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom