Mahram
Assalomu alaykum! Mening qo‘shnim uzoq yillar mobaynida farzandli bo‘la olmadi. Endi qaynisinglisi qiz farzand ko‘rgan edi uni o‘zlariga asrab olishdi. Hozir o‘gay onasi bolasini emiza olmayapti. U qiz voyaga etsa o‘gay otasiga nomahram bo‘lib qoladiku. U qizni otasiga mahram qilishni yo‘li bormi? Javobilar uchun oldndan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan gapdan ota o‘gay qizga tog‘a hisoblanadi. Agar shunday bo‘lsa ular bir-birlariga mahram. Agar qaynisinglisidan o‘gay onaning singlisini iroda qilgan bo‘lsangiz bola ikki yoshdan kichik bo‘lsa o‘gay otaning opa-singlisi yoki aka-ukalarining birortasining xotinlaridan birortasi emizikli ayol bo‘lsa va o‘sha bolani emizsa o‘gay otaga mahram bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush