Mahram va nomahramlik chegarasi
Assalomu alaykum! 1. Erkak kishi dayus bo‘lib qolmasligi uchun ayolini hatto qarindoshlaridan qizg‘onishi kerakmi? Ular bilan aloqani cheklab dayus bo‘lmaslik uchun harakat qilyapman desa qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Nomahram qarindoshlar bilan qay darajada silayi rahmni ushlash kerak? 2. Erkak kishi rashk qilsayu ayolini ishlatmasa ammo o‘zi qizlar va ayollar bilan erkin muloqot qiladigan joyda ishlasa va qiz bola ishchisini kech bo‘lib, ketishga qiyin bo‘lib qolgan vaziyatda uyiga kuzatib qo‘ysa qanchalik joiz bu? Adolatsizlik bo‘lmaydimi ayol kishiga nisbatan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayol kishi nomahramlar bilan garchiki qarindoshi bo‘lsa ham yolg‘iz qolishi, hojatdan ortiq gaplashishi joiz emas.عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِ. فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَ: الْحَمْوُ الْمَوْتُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّUqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayollarning oldiga kirishdan hazir bo‘ling!» dedilar.
Shunda bir odam:
«Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.
«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u Zot».
Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech demaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Faraz qilaylik, bir ayol o‘z uyida yolg‘iz o‘tiribdi. Eshikdan bir nomahram erkak chaqirib keldi. Ichkariga kirdi. Mazkur ayoldan boshqa hech kim yo‘qligini bildi. Shu payt ikkisini ham Shayton vasvasa qilishi, zinoga boshlashi hech gap emas. Bundoq holatlar tez-tez bo‘lib turishini hamma yaxshi biladi. Zinoning ko‘pchilik holatlari ayni begona erkak va ayolning bir joyda xoli qolishlaridan boshlanishi hech kimga sir emas.
Ba’zi birlar da’vo qiladigandek, xoli qolgan erkak va ayol ochiq ko‘ngillik bilan «do‘stona» gaplashib o‘tirishdi ham deylik. Nimani gaplashishadi? Shu payt xotinning eri yoxud erkakning xotini kelib qolsa, ularni do‘stona gaplashib o‘tirishibdi, deb o‘ylaydimi? Umuman boshqa bir odam, qo‘ni-qo‘shni ko‘rib qolsa-chi?
Ba’zi bir kishilar erning qarindoshlari kelib-ketib turishadi, zarurat yuzasidan hech kim yo‘g‘ida xotin oldiga kirsa nima bo‘libdi, deyishadi.
Sahobai kiromlar ham xuddi shu savolni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashgan ekan. U Zot bu ish o‘lim bilan barobarligi haqida xabar beribdilar. Ya’ni, shunchalar xatarli debdilar. Chunki bu narsa beparvolikka sabab bo‘ladi. Mazkur e’tiborsizlik oqibatida esa, harom ish sodir bo‘lishi hech gap emas.
Akasining xotini bilan zinoda qo‘lga tushgan ukalar oz emas. Shunga o‘xshash, boshqa nomahram qarindoshlar ham. Shuning uchun zinhor va zinhor ushbu hadisi sharifga xilof qilmaslik kerak. Buning uchun kimningdir bu shar’iy amrni tark etgani tufayli zino qilib qo‘ygani yoki shubhaga qolib, bir oila buzilgan bo‘lishi shart emas. Shariatda bir hukm joriy bo‘lganmi, mo‘min-musulmon kishi unga qat’iy amal qilaverishi lozim. 2). Har bir jon qilgan qilmishi uchun oxirat kuni o‘zi javob beradi. Eringiz biror noshar’iy ish qilayotgan bo‘lsa, bu siz ham shunday ish qilishingiz joizligini bildirmaydi. Zino va fahsh bu bir ne’mat yoki fazilat emaski, eringiz unga qo‘l urib, sizga izn bermasligi adolatsizlik bo‘lsa. Shu razolatni qila olmayotganingiz uchun ich-ichingizda kuyunayotgan bo‘lsangiz, halol va haromni qayta o‘rganib oling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 293 | Turli savollar