Homilador ayolga taloq o‘tmaydimi
Assalomu alaykum! Men 2016-yil turmushga chiqqanman, erim bilan to‘ydan keyin arzimagan rashqni deb ko‘p janjalashardik. Bu janjalarni deb erim qo‘l ko‘tardi, rashq kundan kun kuchayib bordi, xatto xojatxonagayam ruxsat bersa boradigan bo‘ldim. Onam ko‘rgani kelishsayam uyga kiritmadi. Xammasiga chidadim, orada xomilador bo‘ldim. 1kun so‘ramasdan oshxonaga kirganim uchun xomiladorligimga qaramasdan kaltakladi. Xo‘rlikka chidolmasdan ota uyimga qaytdim, keyin SMS orqali “3 taloqsan, boshing ochiq” deb yozdi. Farzandim tug‘ildi, Allohga shukur endi erim yashamoqchi. Men javobimni bergansiz desam aytmaganman deb turib olgan. Yaqinda internet orqali bir maruzada xomilador vaqtida aytilgan 3 taloq qabul qilinmidi deyilibdi. Bu gap qanchalik to‘g‘ri? Men erim bilan qayta yashasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homiladorlikda aytilgan uch taloq ham boshqa taloq ham tushadi. SMSda aytilgani ham tushadi. Sizlarni birga yashashlaringizga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush