Dindan chiqib qoldimmi

Assalomu alaykum! Folbinlikka kirmasa kere deb o‘ylab narsalarga turli niyatga erishish maqsadida o‘qiydigan issiq sovuqchi folbinga borib qo‘yibman, lekin gaplarini tasdiqlaganim yo‘q. Nimaiki bo‘lsa Allohdan ekanligini bilaman, qattiq pushaymondaman. Namozlarmda ham ikkilanb o‘qiyapman "Endi 40kun qabul bo‘lmaydimi" deb. Qattiq afsusdaman, tavba qildim, qaytib bunaqa ishlarga qadamimni bosmiyman. Man dindan chiqib qolmadimmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik noumid bo‘lmang. O‘qigan namozingiz zimmangizdan ado bo‘ladi. qazosini o‘qimaysiz. Boshqa bunday joyga bormang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar