Perechesleniya
Hazrat sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Manimcha bu ko‘pchilik talabalarni qiziqtirsa kerak. Sizga ma‘lumki, biz kontrakt asosida ta‘lim oladigan talabalar kontrakt pullarimizni bir tashkilot orqali oliygoh hisob raqamiga o‘tkazamiz. Shunda o‘sha tashkilotlar har xil foizlarda bizga pul tushurib berishadi. Masalan, biz u tashkilotga 900 000 naqd pul bersak, u tashkilot bizga 1 000 000 so‘mni oliygoh hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Shunday pul o‘tkazish joizmi? Alloh xayrli ishlaringizni bardavom aylasin !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar oradagi farq naqd to‘lov bilan o‘tkazish yo‘lidagi to‘lov uchun bo‘lsa, joiz emas. Bir jinsdagi pulning birini oz, birini ko‘pga almashtirilgan bo‘ladi. Sizning misolingizda, pul o‘tkazuvchi 900 000 ni naqd pul evaziga, 100 000 ni yordam deb o‘tkazsa to‘g‘ri bo‘ladi.
3 May 2022, 01:15 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat