Engillik haqida
Assalomu alaykum! Meni bundan bir necha yil oldin avto halokat sababli ikki oyoqlarim deyarli ishlamay qolgan. O‘zimning ixtiyorimsiz avratimdan doimo siydik tomib turadi. Avrat joyimga siydik chiqib ketishi uchun maxsus moslama o‘rnatilgan. (3-4 daqiqa siydigimni ushlab tura olaman xolos) Bunday xolatda albatta har bir namozga alohida tahorat olinishini bilaman. Uyda bo‘lsa ayolim oyoqlarimni yuvib qo‘yadi. Men ishlayman. Ish joyimda esa tahorat qilishga va tahoratda oyoqlarimni yuvishga qiynalaman. Biror bir kishiga og‘irligim tushishini xohlamayman. Bir og‘iz so‘z aytsam tahorat qilishimda menga yordam berishadi ammo qalbim boshqalarga og‘irligim tushayotgani sababli taskin topmaydi. Ibodatimga salbiy ta’sir qilishidan qo‘rqaman. Albatta islom dini engillik dini. Mening bunday xolatimda ibodat qilishim uchun biror bir engillik bormi. Yoki ish joyimning o‘zida tayammum qilib namozimni ado qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu holatingizda tayammumga ruxsat yo‘q. Chunki o‘tirgan o‘rningizda oyog‘ingizni yuvib qo‘yadigan odam bo‘laturib tayammum qilmaysiz. Boshqalarga og‘irligim tushmasin deb ibodatni tark qilish shaytoniy fikr. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 126 | Dolzarb savollar