To‘ydan oldingi munosabat

Assalomu alaykum! Zino ishni katta gunoxligini hamamiz yaxshi bilamiz. Yigit va qiz aqd-paymon qilsa va uydagilar ham rozi bo‘lsa, lekin to‘y qilishga qurbi etmayroq tursa, yigit va qiz to‘yi bo‘lguncha o‘pishsa yoki quchoqlashsa bular ham katta gunohmi? Lekin bular sevishganlar o‘rtasida bo‘lib turadigan narsaku? Bu haqida nima deyish mumkin? Bu ishlar xammaning boshidan o‘tadi, bunda biz yoshlar nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sevishganlarni emas, balki fosiqlar o‘rtasida bo‘ladigan ishdir. U ham zino hisoblanadi. To‘y bo‘lishi aniq bo‘lsa nikohlab olish kerak. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar