Avliyolar payg‘ambarlardan ustun bo‘lishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Bir kishi shunday bir rivoyatga o‘xshash narsa aytgan edi. Shuni sahih yo sahih emasligini aytib bersangizlar. Muso alayhissalom davrida bir er xotin yashagan ekan. Ularni farzandlari bo‘lmabdi va Muso alayhissalomga debtiki "Ollohga ayt iltimos bizgayam bir farzand ato qilsin". Muso alayhissalom bu gaplarni Ollohga etkzibdi. Bunga javoban Olloh "bu ularni taqdiri va buni o‘zgartirmayman" deb aytibdi. Muso alayhissalom bu gaplarni haligi er xotinga aytib beribdi. Ular dot voy solishib yiglashibti. Buni ko‘rgan Muso alayhissalom "falonchi bir erda avliyo bor, shunga iltimos qilib ko‘ringlar " debti. Ular avliyoni oldiga borib bor gapni aytib beribdi. Avliyo Ollohga aytibdi "Yo robbim men seni ibodatinga butun umrimni sarflardim. Tunu kunim seni zikrning bilan o‘tdi. Menday bir qulingni bir iltimosini qabul qil, shu qullaringga rahm qil va bir farzand ber deb duo qilibdi. Va duosi ijobat bo‘libdi. Shu yo bo‘lmasa shunga o‘xshash hadis, rivoyat bormi? Javob kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avliyolar hech qachon anbiyolardan ustun bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 172 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar