Xijob togrisida
Assalomu alaykum! Allohga shukur 5 vaqt ibodatdaman. Alloh ko‘nglimga solib xijobga kirishni niyat qildim va buni turmush o‘rtog‘imga bildirdim. Lekin turmush o‘rtog‘im va qaynonam bunga qarshi bo‘lishdi. Ular zamonaviy insonlar. Savolim shundan iboratki erkak ayolining kiyinishiga javobgar bo‘ladi lekin ayoli xijobga kirishni xoxlasayu er rozi bo‘lmasa gunohi ham erkakning bo‘ynida bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularni zamonaviy inson deb qolganlarni zamondan ortda qolgan degan bo‘lib qolasiz. Aslida musulmon ikki xil bo‘ladi. Diniga amal qiladigan musulmon, diniga amal qilmaydigan fosiq musulmon. Shunday desangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Siz diningizga amal qilishga harakat qiling. Siz aytgan holatda er ham Allohning buyrug‘ini bajarmagan xotin ham gunohkor bo‘lasizlar. Tushuntirishda davomli bo‘ling, taqvodor ayollar bilan ko‘rishtiring. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 170 | Islam