Kodni sms qilib jo‘natsam

Assalomu alaykum! Uydagilarim yaqinda Omad shou ko‘rsatuvi homiylari bo‘lgan " Else tea” va “Jesso" firmasi mahsulotlarini sotib olishibdi. Ya’ni o‘sha mahsulotga extiyojimiz borligi uchun. Unda kod bor ekan, men o‘sha kodni sms qilib jo‘natsam va o‘yinda ishtirok etish imkoni chiqsa, o‘sha o‘yinda ishtirok etib, sovrinlarni yutsam, ularni ishlatishligim joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mahsulotlarga sovg‘ani pulini ham qo‘shib qo‘yilgan bo‘lsa joiz emas. Masalan o‘zi 10 so‘mlik narsani sovg‘a bo‘lgani uchun 10 tiyin qo‘shib 10 so‘m 10 tiyin qilib qo‘ygan bo‘lsa joiz emas. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 200 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar