Ishlab chiqaruvchisi aniq bo‘lmagan qurilmalar

Assalomu alaykum! Hozirgi kunlarda ayrim quloqchinlar chiqyaptiki ularning aniq ishlab chiqaruvchisi mavjud emas. Masalan, Apple kompaniyasi Airpods Pro qulochinlarini chiqardi, narxi 220$. Bozorda esa xuddi shu airpods ni nusxasi chiqib ketgan, keng ko‘lamda sotilyapti, narxi 300 ming so‘m. Mana shu 300 ming so‘mlik quloqchinlar Apple nomidan chiqarilmoqda. Nusxasi tashqi ko‘rinishi bilan haqiqiysidan umuman farq qilmaydi, ularni aniq ishlab chiqaruvchisi ma’lum emas. 1-savolim shunday, shu qurilmalarni sotish joizmi? Ular katta ko‘lamda ishlab chiqariladi, katta ko‘lamda dunyo bo‘ylab sotiladi. 2-savolim, shunday qurilmalarni bilib bilmay sotib olinsa sotib olgan odam qanday yo‘l tutishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qurilmalar agar haqiqiy nusxaning soxtasi bo‘lsa, egasining haqqiga zarar etkazish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar