Musulmon deb bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ba’zida shunday oilalarga duch kelaman ota bobolari muslmon lekin o‘zlari turish turmishlari g‘arbga taqlid qilib yashashadi. Ular o‘zlarini (evropeskiy) deb ham atashadi, islom to‘g‘risida ummuman tushuncha yo‘q, kalima va boshqa narsalardan ham habarlari yo‘q, islomdan gapirsak huddi birinchi matotaba eshtgandek ertakdek hayratlanib eshitishadi, ammo muslmonman deyishadiyu joyi kelsa muslmonlarni mazax qilib ham qo‘yishadi. Masalan bir tanishim uylansam ayolm juda chiroyli bo‘lish kerak u yoq buyoqga olib borsam uyaltrmaslik kerak deydi. Men zino qilmaganman shu yoshimgacha desam o‘lguncha ustimdan kulyabdi. Unday insonlar olamdan o‘tsa qanday hukmda ketadi? Ularni ham muslmon desak bo‘ladmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularni shu darajaga etishiga biz aybdormiz. Chunki ularga ular qabul qiladigan darajada dinimizni tushuntira olmayapmiz. Siz ham ularga ustidan hukm chiqarish o‘rniga ular qabul qiladigan diniy ta’limotlarni etkazishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar