Eski fatvolar

Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Bir kancha vakt avval shu saytda Yusuf Karazoviy janoblarini eski fikxiy fatvolar tugrisida bir makolalari chikdi.Zavk bilan ularni gaplarini ukidim.Kup foyda oldim.U kishi ezyaptilarki xozir ba‘zi 100 yil avval berilgan eski fatvolarga amal kilish xato,xozirgi vaktda zamonga karab boshka fatvolar berilyapti,xar zamonda xam shundok bulgan,ba‘zi eski gaplar yangilanib turilgan degan ma‘noni.Meni savolim,masalan men mazxabimizdagi eng katta fatvolar tuplami "Olamgiriya","Sirojiya","Kozixon","Muxit","Xulosa" kabilarni ukietgan vaktimda kandok ajrataman kaysi fatvo eskirganini,kaysini eskirmaganini.Aytmokchimanki Yusuf Karazoviy kabi,siz kabi kishilar buni farkiga boradi.Mendakelar kandok farklaydi?Axir fatvolar nixoyatda kup.Ularni xar birini xakikatini Shayxdan surash esa imkonsiz narsa...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu borada ko‘rsatma ishlab chiqilgan emas. Ilmi etarli kishilargina fatvolar orasidagi siz aytgan narsani ajratishi mumkin.

3 May 2022, 02:50 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar