Sotsial tarmoqlarda smayliklardan foydalanish

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlardan Alloh taolo rozi bo‘lsin va qilayotgan ishinglarga o‘zi baroka bersin. Hozirgi kunda sotsail tarmoqda smaylikdan foydalanish keng qo‘llaniladi. Buni ishlatish joizmi? Chunki islomda inson suratini chizish joiz emasligini bilamiz va insha Alloh unga amal qilamiz. Lekin tayyor chizib quyilgani yoki yasab qo‘yilgan smayliklardan foydalansa bo‘ladimi? Javobinglar uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida joiz, chunki bu chizish hisoblanmaydi. Ulardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish kerak. O‘zgalarning obro‘siga putur etkazadigan yoki sha’nini haqoratlaydigan smayliklardan foydalanmaslik kerak. Alloh taolo “Humaza” surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ۝ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin. Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz. Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar