Taloq, idda, nikox

Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha; Agarda ayol kishi shar’iy nikoxidagi erining uyidan o‘z ixtiyori bilan ketib, bir necha yil o‘tganidan so‘ng yana bir boshqa kishi bilan shar’iy nikoxdan o‘tib turmush qurmoqchi bo‘lsa, uning tartibi, idda masalalari qay tartibda ko‘rib chiqiladi? Nikox, taloq masalalarini deyarli tushunmaganliklari bois taloq so‘ralmagan va ushbu so‘z er tomonidan ishlatilmagan. Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda ayol birinchi erning nikohida hisoblanadi. Boshqa erga nikohlansa nikoh bog‘lanmaydi, munosabatlar nojoiz bo‘ladi. Tug‘ilgan farzandning ham nasabi sobit bo‘lmaydi. Birinchi eridan taloqni olish va idda o‘tirishi kerak. Bu masalaga bir necha marotaba javob berilgan. "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar