Ilm olish yo‘lidagi muammolar

Assalamu alaykum,hazrat!Alloh taologa cheksiz hamdlar,Payg‘ambarimiz alayhissalomga durud-u salavotlar bo‘lsin!Hazrat,men shu yil talaba bo‘ldim,Alhamdulillah. Lekin,o‘qishim mobaynida bir qator muammolarga duch kelmoqdaman. shular yuzasidan sizga murojaat qilib,meni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llashingizni so‘rayman.1-o‘qish mobaynida juma namozi va ba‘zi kunlarda peshin,asr va shom namozlarini vaqtida o‘qiyolmayapman,univarsitet ma‘muriyati tomonidan darsdan chiqib,namozga borganlarga qattiq ogohlantirish berilgan. Shunday vaziyatda namozlarni qazo qilayotganim va jumani o‘tkazib yuborayotganim menga juda yomon ta‘sir qilmoqda va doimo o‘zim ulkan g‘am ichida yashab,ham o‘qishimni ham diniy vojibotlarimni qilolmayapman,bunday vaziyatda nima qilay hazrat,bu g‘am ichida yashash mani juda to‘ydirdi,manga nasihat qiling va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating,namozni vaqtida o‘qimay oxiratda azob tortishimni o‘ylasam bu g‘am kattalashib ketayapti?2-o‘qishimda jismoniy tarbiya darslari bo‘lib,unda suzish darslari bor. suzish mashg‘ulotlarida yigitlar va qizlar birga qatnashib,kiyimlari esa noshar‘iy,yigitlarniki tizzadan tepada,o‘ziga xos suzish kiyimi,qizlarniki esa.....agar bu mashg‘ulatlarga qatnashmasa,baho yomon chiqishi va o‘qishga salbiy ta‘sir etishi mumkin,buni esa ota-onam xohlashmaydi,xafa bo‘lishadi,bu fan ikki yil ichida o‘tilarkan,hazrat shungacha sabr qilmog‘im to‘g‘rimi,o‘zim xohlamasamda yoki universitet va ota-onamga qarshi chiqishim to‘g‘ri bo‘ladimi,menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating3-hazrat men ma‘naviyat fanidan din va manaviyat mavzusida video-rolik tayyorlamoqdaman,shu maqsadda www.islom.uz maqolalaridan va ISLOM-HAQ DIN video filmi lavhalaridan va Islom ma‘naviy jinoyatlarga qarshi kitobingizdan foydalanishimga ruxsat berasizmi albatta muallif nomlari ko‘rsatiladigan holda!Hazrat,qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman,bu 1-marta savol yo‘llashim,savollardagi kamchiliklar va xatolar uchun meni kechiring! Hazrat siz duogo‘y insonsiz mening va men kabi kelajakda dini va xalqiga xizmat qilmoqlikni niyat qilib o‘qiyotganlar haqqiga duo qiling! Assalamu alaykum
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering.

3 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar