Moli terisidan bo‘lgan mahsi

Assalomu alaykum! Qalin mol terisidan bo‘lgan mahsim bor (oldingi katta mahsilardan). U bilan suyuq najosatni bosib olganman, ichigayam kirgan. O‘shani qanday poklash kerak? Suvga uch marta botirib olsam bo‘ladimi (siqishni imkoni yo‘q) yoki boshqacharoq yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Suvda bir bor yuving va bir tomchi suvi ham qolmagunicha quruq joyga  tashlab qo‘ying. So‘ng yana yuvib bir tomchi suv ham qolmaguncha quruq joyga tashlab qo‘ying. Yana shu ishlarni bir marotaba qaytaring. Buni qatron qilish deyiladi. Shu bilan pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar