Ayoliga rozi emasman deyish

Assalomu alaykum! Erkak kishi dunyoviy narsalarni deb ayoli bilan urishsa ayoli o‘zini himoyalab aytgan so‘zlarini gap qaytaryapsan deb, gap qaytarseng rozi emasman degan gapi o‘tadimi? Erkak kishini qaysi holatda rozimasman degan gapi o‘tadi? Bu savolni ham bir ayol iltimos qilgandi shu savolni so‘rab bering degandi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘pincha ayol kishining eri bilan baxslashishi oxir oqibat jahl ustida taloq aytib yuborishi bilan tugaydi. Hatto diniy narsalar ustida ham baxslashib jahl ustida taloq qilib qo‘ygan odamlar bor. Shuning uchun er bilan baxslashib uni jahlini chiqarishdan ehtiyot bo‘lish kerak. chunki shayton doim oilani buzish uchun payt poylaydi. Bir ayol erining ustidan shikoyat qilib, bir ahli ilmning oldiga kelibdi. Shunda masalani yaxshilab eshitgan ilmli kishi, bir idishda suv berib “buni, qachon eringiz bilan janjal boshlanganida og‘zingizga olib, yutmang ham, chiqarib ham yubormang. In shaa Alloh tez orada janjallashmay qolasizlar” debdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach o‘sha ayol minnatdorchilik bildirgani kelib, oilada janjallar butkul to‘xtaganini aytibdi. Shunda olimning shogirdlari “Ustoz suvga nima o‘qib dam solgan edingiz. Kelajakda shunday holatga tushsak, biz ham qo‘llaymiz” deganida, “Men hech narsa o‘qimadim, e’tibor berib qarasam janjalning sababi ayolning tilidan ekan. Shunga sukut saqlasin deb shu usulni qo‘lladim” degan ekan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar