Umrada soch qisqartirish
Assalomu alaykum! Ming bor uzr, agar bu savol qaytarilgan bo‘lsa, topolmadim. Umra ziyoratida, sochni kalga oldirishadi, lekin men oddiygina kaltalatganman. Yaqinda yana borish niyatim bor, kalta qilib oldirsam kifoya qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ehromdan chiqayotgan vaqtda sochni qirish va qisqartirishdagi beparvolik
Ehromdan sochni qirib yoki qisqartirib chiqiladi. Bu sunnatga muvofiq tariqada bo‘lishi uchun sochning hammasi qirilishi yoki hammasi barobar qilib qisqartirilishi lozim. Ba’zi kishilar sochni qirishdan qochadilar. Sochni qisqartirishda ham juda ko‘p kamchilikka yo‘l qo‘yadilar. Uning ozgina hissasini kesib ehromdan chiqib ketadilar. Yodingizda bo‘lsinki, sochning hammasini barobar qilib olmaslikning to‘rt xil shakli bor:
1. Butun boshni to‘rt hissa bo‘lib, bir hissasini yoki undan ko‘prog‘ini barobar qilib qisqartirish. Bunday qilgan kishi bashartiki, kesilgan sochlarining uzunligi barmoqning bir bo‘g‘imiga teng (taxminan 3 sm) yoki undan ko‘proq bo‘lsa, ehromdan chiqadi, lekin, u makruhi tahrimiy ishni amalga oshirgan hisoblanadi.
2. Boshning to‘rtdan bir hissasidan kamrog‘idagi sochlarni kaltalatish. Bunday qilgan kishi imom Abu Hanifa rohimahulloh nazdlarida ehromdan chiqa olmaydi. U hanuz ehrom holatida, deb hisoblanadi. Ehromga xilof ishni qilish bilan unga jarima ham vojib bo‘ladi.
3. Barmoqning bir bo‘g‘imiga (taxminan3sm) barobar bo‘lmagan sochni qisqartirish. Bunchalik kalta sochlarni faqatgina qirish vojib. Kishi ularni qaychi yoki soch oladigan mashinada qisqartirgani bilan ehromdan chiqa olmaydi.
4. Bir kishining sochi chiqmagan, ya’ni kal bo‘lsa yoki bir necha soat oldin umra qilib sochini qirdirib, ikkinchi marotaba umra qilayotgan bo‘lsa, bunday suratda tamomi boshga ustara yurgizishi vojibdir.
Kalta sochlarni qisqartirish joiz emas
Agar biror kishi sochini qisqartirishni xohlasa, uning sochi eng kami barmoqlarining bir bo‘g‘imiga (taxminan 3 sm ga) barobar miqdorini kesib tashlash mumkin bo‘lgan darajada uzun bo‘lishi lozim. Bundan kalta bo‘lgan sochlarni qisqartirish durust emas, balki qirdirish vojib. Agar o‘shanchalik kalta sochlarni qirdirish o‘rniga qisqartirsa, zimmasiga jarima sifatida bir qurbonlik (qo‘y yoki echki) so‘yish vojib bo‘ladi. Ha, albatta, kalta sochlarini qisqartirgan kishi ehromda man’ qilingan ishlarni amalga oshirishdan oldin sochlarini qirdirib tashlasa, zimmasidagi qurbonlik soqit bo‘ladi ("Badoyi’us sanoyi’", "G‘unyatun nosik".
Sochning hammasini qirish yoki qisqartirish
Kishi ehromdan chiqayotganida eng kami sochining to‘rtdan bir qismini qirishi yoki qisqartirishi vojibdir. Mana shu miqdorni olish bilan u ehromdan chiqqan hisoblanaveradi. Lekin, bunday qilish sunnatga xilof bo‘lgani uchun makruhdir. Sunnatga muvofiq bo‘lishi uchun esa kishi sochining hammasini qirdirishi yoki hammasini barobar qisqatirishi kerak.
Demak, kishi ehromdan sochini qirdirib chiqmoqchi bo‘lsa va buni sunnatga muvofiq bo‘lishini xohlasa, u sochining ba’zisini emas, balki hammasini qirdirishi kerak bo‘ladi.
Agar sochini sunnatga muvoqif tarzda qisqartirmoqchi bo‘lsa, hammasini barobar qilib qisqartiradi. Lekin, bunda shart shuki, sochi barmog‘ining bir bo‘g‘imiga (taxminan 3sm) barobar miqdorini kesib tashlash mumkin bo‘lgan darajada uzun bo‘lishi lozim ("G‘unyatun nosik".
Kal odam qanday ehromdan chiqadi?
Agar biror kishining sochlari to‘kilib ketganligi yoki sal oldin umra qilib, sochini qirdirgani sababli boshida birorta ham sochi qolmagan bo‘lsa, haj yoki umra ehromidan chiqish uchun boshidan ustara yurgizishi lozimmi yoki yo‘qmi?
Bunday odam boshidan ustara yurgizishi vojib. Agar ustara yurgizmasdan ehromdan chiqsa, qurbonlik so‘yishi lozim bo‘ladi ("G‘unyatun nosik".
O‘z sochidan oldin boshqaning sochini qirish
Hajning barcha amallaridan forig‘ bo‘lib, ehromdan chiqmoqchi bo‘lib turgan kishi o‘z sochidan oldin (ehromdan chiqayotgan) boshqa hojining sochini qirib qo‘yishi durustdir. Shunga binoan, agar kishi ifrod haji qiluvchi bo‘lsa, qurbonlik kuni shaytonga tosh otgandan keyin, qiron yoki tamatto‘ qiluvchi bo‘lsa, qurbonlik qilgandan keyin o‘z sochidan oldin boshqa hojining sochini qirib qo‘yishi bekarohat joizdir. ("G‘unyatun nosik", "Fatovo Rahimiyya", "Ahsanul fatovo"). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 330 | Haj va umra