Ota-ona haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, mani ota onam meni dinga chuqur kirib ketganimdan qo‘rqishyapti. Allohga shukr Alloh meni qalbimga xidoyat berdi, avvalari gunoh ishlar qilib yurasdim. Shu yili ramazon ro‘zasini tutdim Allohga shukr endi dinni yaxshi o‘rganish uchun Mir Arabga o‘qishga kirmoqchiman Insha Alloh lekin ota onam bunga qarshilik qilobtila. Mani dindor bo‘lishimni xohlamayaptilar, man ularni gunoh ishlar qilayotgan bo‘lsalar qaytarsam manga ishonmayaptilar. Mandan jahllari chiqadi. Ularni deb endi hamma narsani yig‘ishtirib faqat pul topib ishlash kerak. Men bunday dunyo matosiga bog‘lanib qolib o‘lib ketmoqchi emasman. Ular mani oq qilsalar oq tushadimi? Iltimos maslahat beringlar? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzi ayn ilmini o‘rganishgaharakat qiling. Allohni diniga xizmat qilish uchun boshqa sohada ham mutaxassis bo‘lib, xizmat qilish mumkin. Farzni tark etish uchun oq qilinsa, o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:52 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar