Bir kishilik juma namozi

Assalomu alaykum! Men chet davlatda o‘qiyman, bu erda masjidlar yo‘q bo‘lgani uchun hamda namoz o‘qiydigan sherik topa olmaganim uchun juma namozini bir o‘zim o‘qiyapman. Ammo bir tanishim juma namozi bir kishi bo‘lib o‘qilmaydi dedi va peshiningni qazosini o‘qi endi dedi. Rostdan ham juma namozi bir kishi bo‘lib o‘qilmaydimi? O‘sha vaqtdagi peshinimni qazosini o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jumaning shartlaridan biri jamoat ya’ni imomdan tashqari uch kishining bo‘lishidir. Bu, xuddi namozga tahorat shart kabi shartdir. Usiz juma ado bo‘lmaydi. Avval o‘qiganlaringizning qazosini peshin deb qazo o‘qishingiz shart. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar