Olgan erimizdan zakot

Assalomu alaykum! Zakot berishni niyat qilgan edik, lekin bizning xolatda qanday yo‘l tutushimiz kerakligi haqida tushuncha bersangizlar, iltimos. Yashab turgan 1,75 sotik, eski bo‘lsa xam uyimiz bor. Uyimiz juda kichkina va eski bo‘lgani uchun xo‘jaynim 4 sotiklik er olganlar, 24.000ga kelishib 2 yilda berishga kelishilgan. Shundan 12.000gini berganlar qolgani xali berilmagan. Er xali bizning nomimizga o‘tmagan. Shunda biz berilgan pul xisobidan zakot berishimiz kerakmi yoki yo‘qmi bilaolmayapmiz. Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangizlar. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Zakot bermaysiz. Chunki sotib olingan er tijorat uchun emas. Undan zakot berilmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 153 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar