Chaqimchilik

Assalomu aleykum shayh hazratlari qimmatli vaqtingizni olayotganim uchun uzur sôrayman AQSHda musofirchilikdaman bu erda kimdan tôg‘ri maslahat sôrashni bilmay sizga murojat qilmoqdaman. Muommo shundaki 1-2 ta ( birodorlarimiz) fatvoimiz bor AQSh din dushmani, kofr, ulani mulki bizaga halol degan fikirda boshqalarni har hil kredit olib ôgirlash auto ulovlarni ôgirlash yana bir qancha yôl bilan ôg‘rilik qilishga davat qilishmoqda va ularga ergashganlarga yordam berishmoqda. 1-2 ta dôstlarim bu ishila islomga hilof agar shu tarzda davom etadigan bôsangiz tegishli joyga murojaat qilamiz deb ogohlantirishdi lekin ular bu narsaga parvo qilmadilar. Men birovni aybini berkitish qanchlik savobligini chaqmachaqarlik gunohliginiyam bilaman lekin ularni qay holatda ishlatish kerakligini bilmayman.Savol: Agar shu kabi qonunbuzarliklar yaqin insonlariz tarafidan qilinsa ularni bilib turib aybini berkitib tegishli muassalarga aytmasak gunohkor bôlmaymizmi ? Agar aytsak chaqmachaqarlik qilgan bôlib qolmaymizmi? Chaqimchilik haqida umuman bunga bog‘liq masalalar haqida kitoblaringiz bôlsa aytsangiz men bajonidil ularni ôrganar edim Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo ularga tushuntirish kerak. Ko‘nishmasa, aytsa bo‘ladi.

3 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar