Yarim so’ bug‘doy og‘irligi qancha?
Assalomu alaykum! Ota-onaning qazo namozlari uchun "Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi" deyilgan. Telegramdagi 4038-5973-savollarning javobida. Boshqa manbalarda "Bir so’ taqriban (≈) 4 kilogrammdir", ya’ni "yarim so’ taqriban 2kg" deyilgan. Sizdan iltimos, shularga izoh bersangiz. Yarim so’ bug‘doy og‘irligi (hajmi) qancha?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi bir kitoblarda “1087,5 gr” yozilib qolgan ekan. Bu ulamolarning tahqiqotiga biroz xilof. 2 kilogrammni olgan afzal. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar