Pulni qayga sarflashim joiz!?
Assalomu alaykum! Men meditsina insitutida 6-kursman shu yil ishga utish uchun harakat qildim ishga olishmadi 200$ so‘rashdi. Oilaliman pul zarur deb (nafsim xoxishi bilan) bahona bilan ishga kirdim keyin birdaniga xarajatsiz yo‘llar ochilib boshqa ishga ham qo‘shimcha kirdim. Endi pul bilan kirgan ishim (tez yordamda navbatchi vrach)dan topgan pulim menga halol bo‘lmaydi deb o‘ylab qoldim. Birinchi oyligimni yo‘lga qishloqdagi tuproq yo‘lga shag‘al to‘kdirib yuborsam deyapman nima maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha ishga joylashish uchun kimnidir bo‘shashiga sababchi bo‘lgan bo‘lsangiz, darhol o‘rnini qaytarib bering. Unday bo‘lmasa va siz egallab turgan o‘rningizga loyiq bilim va malakaga ega bo‘lsangiz oladigan maoshingiz harom emas. Vallohu a’lam!
6 Oktabr 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom