Imomga tanbex

Assalomu Alaykum va roxmatulloxi va barokatux muxtaram Shayx Xazratlari.Dustlar bilan safardan kaytayotgan edik, shom namozi vakti bulib kolgan edi Toshkent viloyati xududida bir masjidga kirdik, jamoat nari borsa 7-8 ta namozxon. Namozning farzini ukib bulganimizda(sunnatini boshlashdan oldin) safimizda turgan bir namozxon(keyin bilishimizcha u shu masjidning sufisi ekan) imomlikka utgan birodarga karab(jamoat ichida) keskin oxangda "Fotixa surasidan sung zam suralarni Kur’onda kelgan tartibda ukish kerak, siz keyinini oldin oldingisini keyin ukidingiz" deb tanbex berdi. Imomlikka utgan odamning ozgina bulsa xam mulzam bulgani bilindi. Savolim: - zam suralarni umuman namozning boshidan oxirigacha Kur’ondagi ketma-ketligicha ukish kerakmi yoki fakat bir "ikki rakaatdami" ? - sufining tanbexi kanchalar(shariat buyicha) tugri ?Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qur’oni Karim suralarini namozda tartibini buzib o‘qish makruhdir.

3 May 2022, 06:07 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar