Jannatga emaklab krishlari sahihmi

Assalomu alaykum! Oisha onamiz aytganakanlar: Men Rosululloh alayhissalom shunday deganlarini eshitganman: Abdurahmon(ibn Abf) roziyallohu anhu jannatga emaklab kiradi. Shu rivoyat sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh rozi bo‘lsin.  Hokim Abdurrahmon ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Usra lashkarini tayyorlayotgan paytlarida Usmon ibn Affon roziyallohu anhu u zotning huzurlariga ming dinorni olib kelib, qo‘ynilariga to‘kdi. Payg‘ambar alay­hissalom u(dinor)larni u yoq-bu yoqqa ag‘darib, «Bugundan keyin Usmon nima qilsa ham, unga zarar qilmas», der edilar».
Imom Ahmad Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Oisha roziyallohu anho uylarida turib, Madinadagi ovozlarni eshitdi va:
«Bu nima?» dedi.
«Abdurrahmon ibn Avfning karvoni Shomdan har xil narsalar olib keldi», deyishdi.
Karvon etti yuz tuyadan iborat edi. Madina shov­qinga to‘lib ketdi. Shunda Oisha roziyallohu anho:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Abdurrahmon ibn Avfning jannatga emaklab kirayotganini ko‘rdim», deganlarini eshitdim», dedi. Bu gap Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhuga etdi. Shunda u:
 «Agar qodir bo‘lsam, albatta, tik turib kiraman», dedi va karvonni egar-jabdug‘i va yuklari bilan Alloh yo‘liga atadi». (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:07 | Savol-javoblar | 200 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar