Kredit olganga qarz berish haqida

Assalomu alaykum! Mendan bir do‘stim qarz so‘ravotti qarzni olishdan maqsadi Bank orqali kreditga avtomashina olishi uchun boshlang‘ich 20% to‘lovini to‘lashi uchun ekan. U mendan olgan qarzini ikkiga bo‘lib ikki oyda qaytarib bermoqchi, savolim men unga yordam bermoqchiman faqat bankdan kreditga moshina ovotganini eshitib o‘ylanib qoldim yordam bersam gunoxkor bo‘lib qolmimanmi, bank orqali kreditga u bu narsa olish ribo bo‘lib gunoxkor bo‘lib qolishi mumkinligi bor gap. Qanday yo‘l tutay qo‘limda bor bo‘lib yordam bermaslik xam yaxshimas. Mandan olganini xech qanday foizsiz beg‘araz 2 ga bo‘lib qaytaradi. Shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohida tengma-teng sherik bo‘lasiz. Birodaringizga chiroyli nasihat qilib bu ishidan qaytaring. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ آكِلَ الرِّبَا وَمُؤْكِلَهُ وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ وَقَالَ: هُمْ سَوَاءٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam riboxo‘rni, uning ediruvchisini, kotibini hamda ikki shohidini la’natladilar va «Ular (gunohda) barobardirlar», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar