Imomga iqtido qilish

Assalomu alaykum! Jamoat bo‘lib namoz o‘qiganda “imomga iqtido qildim”, deb aytmasdan oddiy o‘zim o‘qigandek niyat qilar ekanman. Ya’ni niyatning oxirida imomga iqtido qildim demasdim. Endi o‘qigan namozlarimning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qalbizda o‘sha imomga iqtido qilayotganingiz aniq bo‘ladi. Chunki imom takbir aytguncha kutib turasiz, safga turasiz. Takbir aytgandan keyin siz ham takbir aytasiz. Shuning o‘zi iqtido qilishga niyat hisoblanadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 196 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar