Javob bering iltimos, ustoz !
assalam Shayh Hazratlari !Uzimizda har yili Ramazon kirishida ham, tugashida ham juda kup ixtiloflar buladi. Kim-kimga aytib ruzasini ochtirgan yoki aksincha va hokazo...Biz ushbu ixtilofli va shubhali amaldan yiroq bulish uchun, bir necha yildan buyon , Rasman Muftiyning fatvosiga binoan amal qilib kelamiz. Ergashganimiz uchun savob , notug‘ri bulsa, fatvo beruvchi mas‘ul buladi, deb.Sizdan iltimos shu masalani kengroq yoritib bering, ya‘ni Islom shariatida Muftiy fatvosiga ergashish haqida nima buyurilgan. Javobingiz u’nun avvaldan Rahmat !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning savolingizga Kuvayt davlati Vaqf vaziriligi qoshidagi fatvo bo‘limi tomonidan shunga o‘xshash savolga berilgan javobning tarjimasini taqdim etaman. «Ulamolar hilolni ko‘rish masalasida ikki xil fikr aytganlar. Ulardan ba’zilari, oy chiqish joylarini e’tibori bor, deydilar. Ya’ni, har bir yurtning o‘ziga xos ko‘rishi bor. Bir yurtning ko‘rishi boshqasiga tasir qilmaydi. Ikkinchi ray’ga binoan esa, qay bir musulmon o‘lkada hilol ko‘rilsa, barcha musulmonlar o‘shanga ergashishlari kerak, deydi. Ikki fikrni ham o‘ziga etarli dalillari bor. Kuvaytdagi bosh fatvo hay’ati ikkinchi fikrni qo‘llaydi. Musulmonlar bir kunda ro‘za tutib, bir kunda bayram qilishini istaydi. Kuvaytdagi bosh fatvo hay’ati musulmon rahbarlar ushbu fikrga amal qilish uchun kerak bo‘lgan barcha choralarni qo‘llashlaridan umidvor bo‘ladi. Shu bilan birga, bu ishda barcha to‘g‘ri ilmiy shartlarga amal qilinadi degan orzudadir. Lekin hozirda musulmon o‘lkalarda birinchi fikrga – har bir o‘lka o‘zining ko‘rishiga – amal qilinayotgani uchun Kuvaytdagi bosh fatvo hay’ati shimoliy amerikadagi musulmonlar o‘sha erdagi musulmonlar jamoasidan tuzilgan hay’atning aytganini qilishlari va bu ishda va boshqa barcha ishlarda unga itoat etishlari lozimligini ta’kidlaydi. Chunki mazkur hay’at amerikalik musulmonlar uchun musulmon o‘lkalardagi rasmiy diniy hay’atlar o‘rnidadir».
3 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar