Majburiy ehson

Assalomu alaykum! Xozir qishloqlarimizda janoza vaqtida odamlardan 10.000 so‘m yig‘ib olinmoqda. Bu pul marxumning oila azolariga xarajatlariga ya’ni o‘lgan insonning xarajatlari, qabr qazish, janoza o‘qigan mullaga va hokazolarga. Shunaqa soliq qo‘yishlari to‘g‘ri ishmi? Xozirgi vaqtda bitta o‘lik ko‘mishni xam odamlar qiyin qilib yuborayapdi, bitta o‘likka 2 metr kafan bilan 2 metr chuqur qazisa bo‘ldiku, undan tashqari o‘sha vaqti ertalab jonnliq so‘yishadi. 2. Marxumga atab xudoy qiladi. O‘sha xudoysi qilishda marxum nomidan dastirxon yozib odamlarni mexmon qiladi. Keyin exson xaltasi ilib qo‘yadi. Bu xalataga odamlar pul tashlab ketishadi, exson qilib pul olish yaxshi emasku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular mutlaqo joiz emas. Buni so‘rasa ham bermaslik kerak. Ehsonni puli bor odam qilsin. Puli yo‘q odam qilish uchun boshqalardan tilanmasin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar