Avtomobil olib sotish
Assalomu alaykum! Man avtomobil olib sotish bilan shug‘ullanaman. Oldi sotti masalasida savolim bor edi. Bir odamni mashinasini savdolashib 100$ zaklad berib olib, o‘sha kunning o‘zida boshqa xaridorga qimmatroq narxda sotib yuborsam, man undan sanab olgan pulni manga sotgan odamga foydani olib qolib pulini qolgan qismini bersam ushbu savdo halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida nasiyaga sotib olingan narsani sotish durust. Siz kabilar desak xafa bo‘lishingiz mumkin, lekin shu ish bilan shug‘ullanuvchilarning juda ko‘pi bozorni buzishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday savdodan qaytarganlar. Dastmoya qiling, o‘z pulingizga oling, keyin soting. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 206 | Halol va harom