QO‘ShNIChILIK!
Assalomu alykum shayx xazratlari... Allox sizni o‘z panoxida asrasin... Avvalo ming bor uzr. Sizni qaysidir ma‘noda javob berishingiznga arzimaydigan kulguli savolim uchun o‘zim xijolatdaman. Lekin bu savol man uhun judayam muhim. Shaxarlikmiz... Bizni uchaskamiz 2001-yil da qurilib tomi yopib qo‘yilgan. O‘sha paytlarda qo‘shnimning qo‘yxonasi yoniga uchaska soldik. Qo‘shnim mashina ustasi. 10 yildan beri qo‘y boqadi (qo‘shimcha daromad olish maqsadida). Qo‘yxonaning xidiga uchaskamizda yashamayotganligimiz sababli indamasdan kelayotgan edik, mana endi vaqti kelib uchaskani ta‘mirlashni boshlaganmiz ancha bitib qoldi, qo‘yni xidi eshigimiz tagiga, darvozaxonaga, 2-qavatdagi xonaga xidi chiqvotti. Xidiga chidash qiyin, uyga mehmonlar kelsa ostonadan boshlab hammaligi qo‘yni hidini gapirishadi. Qo‘yni tagini tozalashsa ham foydasi yo‘q. Yaqinda qo‘yxona yoniga molxona xam qurishdi (1 ta buzoq 1ta sigir) bu xam etmaganday ularni go‘ngini darvozamizni yonginasiga lekin o‘zligiga tegishli ogorodga to‘kishadi, hidi 2 barobar kuchaydi... Ular toat ibodatli, islomiy oilalardan. Ularni dilligini og‘ritib qo‘yishdan ming xijolatda bo‘lib, yaqinda uyligiga chiqib etdimki: "-Endi mana oka uchaskani bitirvommiza buyog‘iga bizayam to‘y-po‘y diganlaridek xarakatdamiz, uyga qo‘yni xidi chiqvotti... Shu qo‘yxona, molxonani nariroqqa surilik xashariga, yordamiga o‘zim tayyor" db aytsam qo‘shnim indamadi. Ota onamga qo‘shniga etganlarimmi etsam ular xam indashmadi. Savolim shundan iboratki:1) Qo‘shnimga shunaqa gapni gapirishga haqqim bormi, noto‘g‘ri gapirib qo‘ymadimmi?2) Shu masala bo‘yicha qanday maslahat bera olasiz? Iloji bo‘lsa rivoyatlar bilan qo‘shib keltiring.Ikkilanib qoldim... Savolim uchun yana uzr so‘rayman, saytdan bu savolimga javob topa olmadim. Lekin savolim o‘zim uchun juda muhim... Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Haqqingiz bor.2. Qo‘shnisiga zarar etkazish mumkin emasligi barcha fiqhiy kitoblarda ta’kidlangan.
3 May 2022, 07:58 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Haqqingiz bor.2. Qo‘shnisiga zarar etkazish mumkin emasligi barcha fiqhiy kitoblarda ta’kidlangan.
3 May 2022, 07:58 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya