Taloq mavzusida

Assalomu alaykum! Men oilaliman, bita farzandim bor. Bir necha marta ayolim bilan urushib qolganimda unga "seni almashtrib yuborishim kerak" yoki "almashtrib yuboraman" va bir marta "agar chidamasangiz ketishingiz munkin" deganman va ayolim ketmagan va shunaqa vaziyatlarda ahmoqlik qilib so‘kinganman ham, boshqa urushgan vaziyatda nimalar bo‘lganini eslay olmadik. Meni o‘ylashimcha bundanda jiddiy gap so‘zlar bo‘lamgan, lekin aniq bilaman "taloq" degan so‘zni hech qachon unday vaziyatlarda ishlatmaganman. Hozir birga yashaymiz. Bizga nima maslahat bera olasiz shariyatimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "seni almashtrib yuborishim kerak" yoki "almashtrib yuboraman" degan bu so‘zlar bilan taloq tushmaydi. "agar chidamasangiz ketishingiz munkin" bilan ham tushmaydi. Taloq tushishi uchun aynan taloq so‘zini ishlatish shart emas. Ajralishni, taloq qo‘yishni niyat qilib aytilgan juda ko‘p so‘zlar bilan ham taloq tushib qoladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 161 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar