Qo‘y so‘yishni niyat qilgan edim

Assalomu alaykum! Meni onam xaj safariga 29.08.2018 da ketib 01.09.2018 kuni qaytip keldilar iloxim dargoxida qabul qilgan bo‘lsin. Yoshlari kattaligi sababli yurishga qiynalip qolgandilar shu sabab ichki organlari suvsizlanib qolipti. Xozirgi kunda davolanyaptilar Allohdan “shifo bersang bolnitsadan chiqqan kunlari qo‘y so‘yip kambag‘allarga tarqatip yuboraman” dep niyat qilip qo‘ygan edim. Onamga shunaqa niyat qilip qo‘ydim desam so‘ymasdan maxallamizda kambag‘al oilalar bor shularga pulini berip yuborsang xam yaxshi bo‘ladi dedilar. Shunday qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qo‘yni so‘yib o‘zingizga hech narsa olib qolmay tarqating. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 08:20 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar