Hayotiy
Assalomu alaykum! Men umuman yashagim kemayapti, to‘yib ketdim hamma narsadan ishim yurishmayapti nechi yildan beri qulog‘im eshitmaydi yani eshitishi pas odamlar bilan umuman gaplashgim ham kemidi faqat Qalbi menikiga O‘xshagan siniqlar bilan Allohning do‘stlari bilan gaplashsam shunda Yaxshi bo‘laman bo‘lmasa umuman gaplashgim kemidi uyimdagilar bilan umuman bir ishim o‘xshamayapti to‘rt devor ichida qolganman har doim Rizq eshiklari yopiq Allohdan so‘riman yordam Masjidga borganimda hech kim yo‘q bo‘lsa yig‘lab rosa soriman har doim yursam ko‘chada Alloh bilan o‘zim gaplashib dardlarimni etib ketaman ko‘chada yursam ham Naushnikda Qur’on eshitib yuraman rosa yig‘lagim keladi lekin yig‘lay olmiman odamlar oldida keyin masjidga borib yigliman deganimda ko‘p xollarda yig‘lay olmiman odamlar bo‘lsa qulog‘im eshitmasligi sabab Hech qaerda ishlay olmiman ham repititorda ham eshita olmiman darslarni to‘liq judayam charchab kettim hamma narsadan yashagim kemayapti umuman nechi yildan beri shunaqa hech kim yo‘q joyga ketsam odamlardan uzoqqa qaytib kelmasam deyman har doim bir o‘zim yuraman odamlar bilan umuman yurgim kemidi! Sal narsaga ham yig‘laydigan bo‘lib qolganman uyimda umuman yashagim kemayapti Tezroq o‘lsamu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni oldiga. Borsam deyman shu gapni yozganim uchun ham yiglavorgim zo‘rg‘a o‘zimni ushlab turibman! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qachon mahzun bo‘lib kelsalar Hadicha onamiz bilan Dardlashar edi Hadicha onamiz suyanchiq bo‘lar edi menga ham shunaqa do‘st suyanchiq bo‘lsa ozgina oson bo‘lardi nima qilay ustoz judayam to‘yib kettim Shayton shunaqa o‘zingni o‘ldir degan hayol keltiradi keyin Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan hadis keladi yani kim o‘zini o‘ldirsa jannatga kirmaydi degan Jannatga kirmagan odam Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Allohning jamolini ko‘ra olmidi degan gapi ushlab turadi, odamlarga yordam bergim keladi qiynalgan beva faqir miskinlarga Sardor Rahimxonga o‘xshab lekin hech narsa qila olmiman judayam to‘yib kettim yordam berilar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu dunyo sinov dunyosi. Alloh taolo sizni badaningizda sinovga uchratibdi. Siz bunga sabr qiling. Savobidan umidvor bo‘ling. Gunohlaringizga kafforat bo‘lishini so‘rang. Bugungi kunda tibbiyot juda rivojlangan. Shifokorga ko‘rinib, eshtish uchun jihozlardan olib foydalaning. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا يُصِيبُ الْمُسْلِمَ مِنْ نَصَبٍ وَلاَ وَصَبٍ وَلاَ هَمٍّ وَلاَ حُزْنٍ وَلاَ أَذًى وَلاَ غَمٍّ حَتَّى الشَّوْكَةِ يُشَاكُهَا إِلاَّ كَفَّرَ اللهُ بِهَا مِنْ خَطَايَاهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikon kirishmi etadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur», dedilar».
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Sharh: Eng avval ta’kidlab qo‘yishimiz lozimki, ushbu sarlavha ostida keladigan hadisi shariflar musulmonlar amal qilishlari lozim bo‘lgan diniy ko‘rsatmalar jumlasiga kiradi. Bu erda shaxsiy tajriba yoki shunga o‘xshash narsalar yo‘q.
«Tib kitobi»ning boshida bemorlikka sabr qilish lozimligi haqidagi hadisi shariflarni keltirish ila bu masalada eng avvalo sabr lozimligi ta’kidlanmoqda. Har qanday bemorlik oriz bo‘lganda bemor uchun eng zarur bo‘lgan narsalardan biri sabr hisoblanadi. Agar sabrsizlik qilinsa dardga dard qo‘shiladi, shifo topish kechikadi va yana boshqa noqulayliklar ham kelib chiqadi.
Shuning uchun Islomda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ushbu hadisi shariflarida insonga etadigan bir necha musibatlar ichida bemorlikni ham nomlab turib, ana o‘sha musibatlariga sabr qilgan musulmonning xatolarini Alloh taolo kechib yuborishini ta’kidlamoqdalar. Albatta, bu boradagi kechib yuboriladigan xatolar, Alloh taolo bilan bandaning orasidagi muomalalarda banda tomonidan sodir bo‘lgan kichik gunohlardir.
Demak, musulmon kattayu kichik musibatlarga, og‘ir bemorliklarga ham, tikon kirishiga ham sabr qilmog‘i lozim ekan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar